Karyer va drobilkahisobi —telefonda.

Reys, sotuv, xarajat va ishchilar haqi kun davomida kiritiladi — oy oxirida hisobot tayyor turadi. Daftar ham, Excel ham kerak emas.

Bepul 14 kun. Korxona ilovaning ichida ochiladi — telefon raqami bilan, bir daqiqa.

Toshmikro ilovasi, Karyer bosh ekrani: ishchilarga to'lanmagan haq 13 200 000, kassa qoldig'i 9 906 000, mijozlar qarzi 3 350 000 so'm

Uchta ish — bitta ilova

Kun bo'yi ish yurituvchi kiritadi, egasi istalgan joydan ko'radi. Har raqam kim, qachon va nima uchun yozganini saqlaydi. Pastdagi uchtasi — ilovaning o'z ekranlari.

65 736 000 so'm

Sotuv va kassa

Har reys va sotuv kassaga tushadi. Kun bo'yicha kim qancha to'ladi — bitta ro'yxatda. Joriy balans doim ko'rinib turadi.

Kassa ekrani: joriy balans 65 736 000 so'm, kirim 166 560 000, chiqim 108 824 000, kunlar bo'yicha yozuvlar
−13 200 000 so'm

Xarajat va ishchilar haqi

Kimga beramiz, kimdan olamiz — ikki ro'yxat. Haydovchi va brigadir haqi reysdan avtomatik hisoblanadi.

Pul ekrani: beramiz 13 200 000 so'm (Rustam haydovchi 12 250 000, Sanjar haydovchi 950 000), olamiz 3 350 000 so'm
Avgust 2026

Oylik hisobot

Oy yopilganda ishchilar oyligi, qarzlar va foyda bir varaqda. Excel'ga eksport bir tugmada.

Oylik hisobot ekrani: bizdan qarz 20 416 000, bizga qarz 35 390 000 so'm, ishchilar oyligi ro'yxati

Kim uchun

Ilovada uchta bo'lim bor — biznesingizda qaysi biri bo'lsa, shunisini yoqasiz. Uchalasi bitta kassa va bitta hisobotga bog'lanadi.

Samosval va tosh uyumi

Karyer

Reyslar, sotuv, haydovchi haqi, portlatish zaxirasi va mijozlar qarzi.

Drobilka va konveyer

Drobilka

Ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, tosh zaxirasi va sort bo'yicha sotuv.

Korxona binosi, hamyon va hisobot

Korxona

Kassa, bank, xodimlar, soliq, kredit va oylik foyda — umumiy ko'rinish.

Bir kun qanday o'tadi

  1. 1

    Ish yurituvchi kiritadi

    Har reys, sotuv va xarajat — o'sha zahoti, telefondan. Internet bo'lmasa keyin yuboriladi.

  2. 2

    Egasi ko'radi

    Kassa qoldig'i, bugungi sotuv va kimga qancha qarz — istalgan joydan, istalgan vaqtda.

  3. 3

    Oy yakunlanadi

    Oy oxirida ishchilar haqi, foyda va qarzlar bir varaqda. Excel kerak bo'lsa — bir tugma.

Narx va aloqa

Narx korxonangiz hajmiga qarab kelishiladi — bo'limlar soni va foydalanuvchilar soniga qarab. Qo'ng'iroq qiling yoki yozing: bir kunda javob beramiz.