‹ Panel

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-08-25

1. Bu ilova nima

Tosh va Mikro - qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaning ichki hisob ilovasi. Unda kunlik sotuv, xarajat, to'lov va ishlab chiqarish yozuvlari yuritiladi.

Ilovada ochiq ro'yxatdan o'tish yo'q. Foydalanuvchi akkauntini korxona egasi yaratadi va login bilan parolni o'zi beradi.

2. Qanday ma'lumot yig'iladi

Foydalanuvchi haqida: ism, login, rol va telefon raqami. Bularni korxona egasi kiritadi.

Korxona ishi haqida: sotuv, xarajat, to'lov, qarz, ishlab chiqarish, ombor qoldig'i, texnika va xodim yozuvlari. Bular foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti emas, korxonaning ish hujjati.

Texnik: kirish sessiyasi va yozuvni kim kiritgani.

3. Nima YIG'ILMAYDI

Joylashuv, kontaktlar ro'yxati, suratlar, mikrofon, kalendar va shunga o'xshash ma'lumotlar ilova tomonidan olinmaydi.

Reklama identifikatori olinmaydi. Ilovada reklama yo'q va foydalanuvchi boshqa ilovalar orqali kuzatilmaydi.

4. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

Faqat korxonaning o'z hisobini yuritish uchun. Boshqa maqsadda ishlatilmaydi.

5. Kim ko'rishi mumkin

Faqat o'sha korxonaning foydalanuvchilari, va faqat o'ziga berilgan huquq doirasida. Masalan bo'lim boshqaruvchisi boshqa bo'limning pulini ko'rmaydi.

Bu chegara bazaning o'zida qo'yilgan (Row Level Security), ilovaning ko'rinishida emas. Ya'ni chegarani ilova orqali aylanib o'tib bo'lmaydi.

6. Qayerda saqlanadi

Ma'lumot Supabase xizmatining serverlarida (Amazon Web Services, Sidney mintaqasi) saqlanadi. Aloqa shifrlangan kanal orqali boradi.

7. Uchinchi tomon

Ma'lumot uchinchi tomonga sotilmaydi va reklama maqsadida berilmaydi. U faqat ilovaning ishlashi uchun kerak bo'lgan xizmat (Supabase) serverida turadi.

8. Saqlash muddati

Ma'lumot korxona ilovadan foydalanib turgan vaqt davomida saqlanadi. Akkaunt o'chirilganda quyidagi tartibda o'chadi.

9. Akkauntni o'chirish

Ilova ichida: Bo'limni tanlash ekrani - pastdagi "Akkauntni o'chirish" tugmasi.

Xodim uchun: kirish akkaunti butunlay o'chadi, telefon raqami va login o'chadi. U kiritgan sotuv va xarajat yozuvlari korxonada qoladi, chunki ular korxonaning moliyaviy hujjati.

Korxona egasi uchun: butun korxona ma'lumoti - hamma bo'lim, hamma yozuv, hamma xodim akkaunti - butunlay o'chadi. Bu amalni qaytarib bo'lmaydi.

Ilovaga kira olmasangiz, o'chirishni pochta orqali ham so'rasangiz bo'ladi. Tartibi shu sahifada yozilgan: akkaunt.html

10. Bolalar

Ilova ish uchun mo'ljallangan va 18 yoshdan kichiklar uchun emas.

11. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa shu sahifadagi matn yangilanadi va yuqoridagi sana almashadi.

12. Aloqa

sarvar0202@gmail.com